Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilishga ruxsat olish jarayoni soddalashtiriladi
O‘zbekistonda qurilish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi soddalashtirilib, tadbirkorlar uchun ortiqcha byurokratik talablar qisqartiriladi. Yangi tartib qurilishga ruxsat olish muddati va xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga qaratilgan.
Prezidentning “Qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruvni joriy etish hamda sohada davlat xizmatlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, 2026 yil 1 sentabrdan boshlab respublika bo‘ylab qurilish sohasidagi bir qator davlat xizmatlari birlashtirilib, yagona davlat xizmati — arxitektura va shaharsozlik talabini berish tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, 2026 yil 1 iyuldan obektlarni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash jarayoni «1 ta ariza – 1 to‘lov – barcha ulanish nuqtalari» tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Farmon bilan qurilish sohasidagi ayrim ortiqcha kelishuv tartiblari ham bekor qilinmoqda. Xususan, binoning mustahkamligi, yong‘in xavfsizligi va vazifasiga ta’sir qilmaydigan o‘zgarishlar mavjud bo‘lganda loyihani shaharsozlik ekspertizasidan o‘tkazish uchun hududiy kengashlar bilan qayta kelishish talabi olib tashlanadi.
Bundan tashqari, davlat xizmatlari jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun tadbirkorlarga qo‘shimcha besh ish kuni beriladi.
2026 yil 1 sentabrdan qurilish obektlarini nazorat qilishda videokuzatuv kameralaridan foydalanish tizimi ham joriy etiladi. Ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha obektlari, mehmonxona, turizm, savdo va sanoat obektlari, shuningdek, qiymati 3 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan budjet obektlarida kameralar o‘rnatish majburiy bo‘ladi.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, mazkur choralar qurilish sohasida shaffoflikni oshirish, xizmatlarni raqamlashtirish va tadbirkorlar uchun qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
09:05 / 06.06.2026
Qurilish sohasida sun’iy intellekt joriy etiladi
08:01 / 21.04.2026
Qurilishi yarim yo‘lda qolgan eng mashhur me’moriy loyihalar
16:04 / 27.02.2026
Qurilishda hajmni yashirishga chek qo‘yish bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqildi
20:33 / 20.12.2025