Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Misr kimyo sanoatida yangi loyihalarni boshlaydi
Mamlakat elchixonasi ko‘magida "O‘zkimyosanoatloyiha" AJ mutaxassislari va muhandislaridan iborat ishchi guruh 25-30 avgust kunlari amaliy safar bilan Misrda bo‘ldi.
Foto: "Dunyo" AA
Safar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma sanoat loyihalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
O‘zbekiston vakillari Polyserve Group rahbariyati bilan uchrashdi. Unda Misrda ammofos ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qildi.
AbuZabaal Fertilizers & Chemicals Co. korxonasi bilan tanishuv chog‘ida ilg‘or texnologiyalar ko‘zdan kechirildi. Misr tomoni O‘zbekiston tajribasini o‘z ishlab chiqarish jarayonida qo‘llashni rejalashtirganini bildirdi.
Qo‘shma loyiha nafaqat o‘g‘it ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, balki mintaqaviy oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligida barqaror o‘sishni qo‘llab-quvvatlash va ekologik jihatdan samarali texnologiyalarni tatbiq etishga xizmat qiladi. "O‘zkimyosanoatloyiha" AJ xalqaro sheriklik orqali O‘zbekiston kimyo sanoati salohiyatini yuksaltirish va yangi tashqi bozorlarga kirishda izchil harakat qilmoqda.
Safar yakunlari bo‘yicha loyihani amalga oshirishning keyingi bosqichlari yuzasidan muvofiqlashtirish ishlarini davom ettirishga kelishildi. Bu hamkorlik O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi sanoat aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
12:44 / 06.12.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan shaxs Misrda ushlanib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
22:02 / 03.12.2025
2026 yilda 4,5 million tonna paxta yetishtirish maqsad qilindi
12:34 / 02.12.2025
O‘zbekiston va Misr Sayfiddin Qutuz haqida qo‘shma film suratga oladi
20:28 / 16.11.2025