Jamiyat | 09:34 / 12.09.2025
10190
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzorda 17 yoshli bola Spark'da YPX mashinasiga borib urildi

Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida dastlabki ma’lumot taqdim etildi.

Foto: Videodan kadr

Joriy yilning 12 sentabr kuni soat 00:45 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

2008 yilda tug‘ilgan B.J. (haydovchilik guvohnomasiga ega emas) davlat raqam belgilarisiz Spark rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib o‘z yo‘nalishini Cho‘pon ota ko‘chasiga o‘zgartirib, 3-qatordan 1-qatorga keskin burilib harakatni o‘nga burganda o‘z yo‘nalishida 1-qatorda harakatlanib kelayotgan YPX xodimi boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli xizmat avtomashinasi bilan to‘qnashib yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

YTH natijasida avtomashina haydovchilariga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Og‘ir tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid