Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya poytaxtida "Qovun sayli" festivali tashkil etildi
O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Germaniya poytaxti Berlin shahrida "Qovun sayli" festivali tashkil etildi.
Foto: Dunyo
Berlindagi Intermarkt JUBY savdo uyi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan sayilda mahalliy aholi vakillari, Germaniyada istiqomat qilayotgan va ta’lim olayotgan vatandoshlar oila-a’zolari bilan ishtirok etdi.
Erta tongdan o‘zbek musiqa sadolari ostida boshlangan bayram sayli kechgacha davom etdi. Mamlakatdan keltirilgan turli navdagi shirin qovun-tarvuzlar nemis xalqiga juda manzur bo‘ldi.
Tashrif buyuruvchilar serquyosh yurt ne’matlaridan tatib ko‘rish, diyor gastronomik turizm imkoniyatlari bilan tanishish, shuningdek, milliy matolar va hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmasi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Intermarkt JUBY – Sharqiy Osiyo mamlakatlari mahsulotlari savdosi bo‘yicha Germaniyadagi yirik savdo do‘konlaridan biri hisoblanadi. "Qovun sayli" bilan bir vaqtda mazkur savdo uyi ochilganligining to‘rt yillik yubileyi ham nishonlandi.
Mavzuga oid
14:27 / 04.02.2026
Hamburgda “Shimoliy oqim” ishi bo‘yicha gumonlanuvchining shikoyatlariga javob berildi
14:48 / 03.02.2026
Mers Yevropa davlatlarining AQShdan yanada mustaqil bo‘lishini talab qilmoqda
14:01 / 03.02.2026
Germaniyadan ixtiyoriy ravishda ketgan qochqinlar soni oshdi
16:17 / 31.01.2026