Jahon | 13:33 / 12.09.2025
3729
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya budjeti taqchilligi 686 mlrd rublga kamaydi

Neft va gaz daromadlarining qisqarishi va iqtisodiyotning sustlashuvi Rossiya hukumatini 2025 yil centyabr oyida noxush qarorlar o‘rtasida tanlov qilishga majbur qilmoqda. Variantlardan biri soliqlarning yana bir o‘sishidir.

Foto: REUTERS

Moliya vazirligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil avgust oyi natijalariga ko‘ra, Rossiya budjeti taqchilligi 686 milliard rublga kamaydi. Xarajatlarning o‘sishi biroz sekinlashdi, daromadlar esa oshdi. Shunga qaramay, yakuniy ko‘rsatkich — 4,19 trillion rubl — 3,8 trillion yillik rejadan sezilarli darajada oshadi. Shu bilan birga, hukumat dastlab budjetni atigi 1,17 trillion rubl taqchilligi bilan muvozanatlashni kutgan — eksport daromadlarining qisqarishi tufayli parametrlarni qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keldi. Ular 2025 yilda neftning jahon narxlari pasaygani va shu bilan birga rublning mustahkamlanishi tufayli bosim ostida qolgan.

Hatto to‘g‘rilangan rejani amalga oshirish ham noreal ko‘rinyapti, ekspertlar faqat oshib ketish ko‘lami haqida bahslashyapti. 

Rossiya budjeti xarajatlari avgust oyida iyul oyiga nisbatan 35,3 foizga kamayib, 2,73 trillion rublni tashkil qildi. Biroq o‘tgan yilning avgustiga nisbatan ularning hajmi 23,2 foizga oshgan. Jami sakkiz oy davomida xarajatlar 27,92 trillion rublni tashkil etdi — o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21,1 foizga o‘sdi. Daromadlar iyul oyiga nisbatan 25,4 foizga va o‘tgan yilning avgustiga nisbatan atigi 3,9 foizga oshib, 3,41 trillion rublni tashkil qildi. Sakkiz oy davomida jami daromadlar 3 foizga oshib, 23,73 trillion rublni tashkil qildi.

Mavzuga oid