Jahon | 08:47 / 12.09.2025
3088
1 daqiqa o‘qiladi

YeI sudi rossiyalik milliarder Pumpyanskiyga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi

Lyuksemburg sudi rossiyalik milliarder Dmitriy Pumpyanskiyga nisbatan amaldagi sanksiyalarni 2025 yil 15 sentabrgacha uzaytirish haqidagi qarorni bekor qildi.

Foto: AP

Yevropa Ittifoqining Lyuksemburg sudi Yekaterinburgda yashovchi rossiyalik milliarder Dmitriy Pumpyanskiyga nisbatan Yevropa sanksiyalarini bekor qilishga qaror qildi. Sudyalar YeI kengashining 2025 yil 14 martdagi "Sinara" guruhi va Quvur metallurgiya kompaniyasining sobiq egasiga nisbatan 2025 yil 15 sentabrgacha amalda bo‘lgan cheklov choralarini uzaytirish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi.

Sud, shuningdek, YeI kengashiga sud jarayonida Pumpyanskiy sarflagan xarajatlarni qoplab berishni buyurdi.

Shu kuni YeI sudi «Yandeks»ning sobiq bosh direktori Tigran Xudaverdyanning da’vosini qisman qanoatlantirib, Yevropa sanksiyalarini 2024 yil sentabridan 2025 yil martigacha uzaytirish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi. Shu bilan birga, tadbirkor Yevropa Ittifoqining cheklovlar ro‘yxatida qolmoqda, chunki unga nisbatan sanksiyalarning oxirgi uzaytirilishi bekor qilinmagan.

Mavzuga oid