Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Saudiya universitetlari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston elchisi Nodir Turg‘unov Saudiya Arabistonining Abha shahrida podshoh Xolid universiteti rektori, doktor Falih bin Rajallah as-Salmiy bilan uchrashdi.
Muloqot avvalida rektor Falih bin Rajallah as-Salmiy O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida barcha sohalarda, jumladan, ta’lim yo‘nalishidagi hamkorlik aloqalari rivojlanib, yangi pog‘onalarga ko‘tarilayotganini aytib o‘tdi.
Tomonlar oliy ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, O‘zbekiston universitetlari bilan akademik, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida birgalikda ishlash rejalarini muhokama qildi.
Podshoh Xolid universiteti va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlari, o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, grant ajratish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.
Saudiya tomoni O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari bilan qayd etilgan barcha yo‘nalishlarda uzoq muddatli hamkorlikni o‘rnatishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishdagi birgalikdagi ishlarni jadallashtirish va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan sheriklikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
21:19 / 15.06.2026
Olimlik poygasi: bugungi tadqiqotchilarning motivatsiyasi nima?
08:44 / 02.06.2026
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
11:21 / 13.03.2026
Norfolkdagi universitetda otishma: FTB hujumchini IShID tarafdori deb atadi
15:45 / 11.03.2026