Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi sement zavodi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
Zavod faoliyati ijtimoiy tarmoqlardagi shikoyatdan so‘ng to‘xtatilgani ta’kidlanmoqda.
Foto: Ekologiya vazirligi
Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani, «Imom ota» mahallasida joylashgan Recosement zavodi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi, deb xabar berdi viloyat Ekologiya boshqarmasi.
Qayd qilinishicha, 13 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda zavodning havoni ifloslantirayotgani haqidagi videomurojaat tarqalgan. Shunga asosan Ekologiya boshqarmasi xodimlari o‘rganish o‘tkazgan.
O‘rganish davomida hududdagi havoning sifati Ekolab uskunasi yordamida laboratoriya tahlilidan o‘tkazilgan. Uning natijalari xabarda keltirilmagan.
Ta’kidlanishicha, zavod faoliyati «sohaga oid kamchiliklar bartaraf qilingunga qadar» vaqtincha to‘xtatilgan.
Mavzuga oid
18:35 / 30.05.2026
Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
19:01 / 10.05.2026
Andijonda “Lasetti” zovurga tushib ketdi
21:51 / 08.05.2026