Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falastin tarafdorlari La Vuelta velopoygasini to‘xtatib qo‘ydi
Madridda Falastin bayroqlari bo‘lgan namoyishchilar Isroil jamoasi ishtirok etayotgan 21 kunlik velosportning yakuniy bosqichiga xalaqit berdi. Avvalroq, ular Ispaniya sotsialistik bosh vaziri Pedro Sanchesni hayratda qoldirgandi.
Foto: Manu Fernandez/AP Photo/picture alliance
Falastin tarafdorlari bo‘lgan namoyishchilar Ispaniya poytaxti Madridda 21 kun davom etgan La Vuelta velopoygasining yakuniy bosqichiga xalaqit berdi. 14 sentabr, yakshanba kuni faollar Gran-Viadagi to‘siqlarni buzib o‘tib, velosipedchilar o‘tishi kerak bo‘lgan yo‘lga chiqdi. Politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlata boshladi.
La Vuelta tashkilotchilari poyganing yakuniy bosqichini velosportchilar kelguniga qadar bekor qildi. Namoyishchilar bu xabarni hayajon bilan qarshi oldi va «Falastin bu «Vuelta»da g‘alaba qozondi», deya hayqirdi, deb yozadi AFP. Shuningdek, ular: «Isroilga boykot», «Bu urush emas, bu genotsid», «Begunoh bolalar o‘limiga yo‘l qo‘yilmaydi», deb baqirdi.
Falastinparast faollarning noroziligi Isroilning Israel-Premier Tech jamoasining poygada ishtirok etishiga qarshi qaratilgan.
Mavzuga oid
10:18 / 28.01.2026
Ispaniya 500 minggacha noqonuniy muhojirni legallashtiradi
09:32 / 28.01.2026
Ispaniya Rossiyaning “soya floti” tankerini qo‘lga olmadi
09:26 / 28.01.2026
Netanyahu: G‘azo sektorida Falastin davlati bo‘lmaydi
12:50 / 27.01.2026