Falastin tarafdorlari bölgan namoyişçilar Ispaniya poytaxti Madridda 21 kun davom etgan La Vuelta velopoygasining yakuniy bosqiçiga xalaqit berdi. 14 sentabr, yakşanba kuni faollar Gran-Viadagi tösiqlarni buzib ötib, velosipedçilar ötişi kerak bölgan yölga çiqdi. Politsiya közdan yoş oqizuvçi gaz işlata boşladi.

La Vuelta taşkilotçilari poyganing yakuniy bosqiçini velosportçilar kelguniga qadar bekor qildi. Namoyişçilar bu xabarni hayajon bilan qarşi oldi va «Falastin bu «Vuelta»da ğalaba qozondi», deya hayqirdi, deb yozadi AFP. Şuningdek, ular: «Isroilga boykot», «Bu uruş emas, bu genotsid», «Begunoh bolalar ölimiga yöl qöyilmaydi», deb baqirdi.

Falastinparast faollarning noroziligi Isroilning Israel-Premier Tech jamoasining poygada iştirok etişiga qarşi qaratilgan.