Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik mulozim internetni mamlakatning dushmani deb e’lon qildi
Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilova internetni Rossiyaga «do‘stona bo‘lmagan global o‘rgimchak to‘ri», dedi.
Foto: kremlin.ru
Internet Rossiyaga do‘stona bo‘lmagan tarmoqdir, dedi Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Ella Pamfilova yaqinda bo‘lib o‘tgan mintaqaviy saylovlar natijalariga izoh berar ekan.
U «GAS Vybory 2.0» elektoral axborot tizimining kiberhujumlarga chidamliligi sababini izohlar ekan, shunday fikrni bildirdi: «Tizim internetdan avtonom <...>. Bu bizga do‘stona bo‘lmagan global o‘rgimchak to‘ri».
Rossiyada turli darajadagi saylovlarda uch kunlik ovoz berish natijalari sarhisob qilindi. Unda 47 mingga yaqin deputat, shu jumladan 21 gubernator, shuningdek, 11 ta hududda qonun chiqaruvchi organlarning yangi tarkibi saylandi.
TsIK ulardan 19 tasida, shuningdek, anneksiya qilingan Sevastopolda amaldagi sub’yekt rahbarlari g‘alaba qozongani haqida hisobot berdi. Barcha nomzodlar «Yedinaya Rossiya»dan o‘z nomzodini qo‘ygan, Chuvashiya rahbari Oleg Nikolayev bundan mustasno, u o‘z nomzodini mustaqil ravishda qo‘yishni afzal ko‘rgan va 67,06 foiz ovoz to‘plagan.
Pamfilova so‘zlariga ko‘ra, davomat taxminan 47 foizni tashkil etgan: saylovoldi tadbirlarida taxminan 26 million kishi ishtirok etgan. Uning ta’kidlashicha, komissiya ovoz berish natijalariga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan mojarolarni qayd etmagan.
Mavzuga oid
14:55 / 07.10.2025
O‘zbekistonda ayollarning necha foizi internetdan foydalanishi ochiqlandi
20:37 / 01.10.2025
Afg‘onistonda internet yana ishga tushdi
11:40 / 30.09.2025
Afg‘onistonda internet butkul o‘chirildi
16:49 / 25.09.2025