Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyalik Dyuplantis langarcho‘p bilan sakrashda jahon rekordini yangiladi
Sportchi 6 m 30 sm balandlikni zabt etdi.
Shvetsiyalik sportchi Arman Dyuplantis langarcho‘p bilan sakrashda jahon rekordini yana bir marta yangiladi.
Bu safar Tokioda bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida u 6 m 30 sm balandlikka sakradi. Natijada uchinchi marta jahon chempioni bo‘ldi.
Aytish joizki, 25 yoshli Dyuplantis bir oydan sal ko‘proq vaqt oldin o‘rnatgan o‘z rekordini 1 sm ga yangiladi.
Dyuplantis ilk bor 2020 yil fevralida langarcho‘pda sakrash bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan, o‘tgan vaqt mobaynida o‘z rekordini uch bor yangilagan. U Tokio va Parijda o‘tgan oxirgi Olimpiadalarda chempion bo‘lgan, shuningdek, uch karra jahon chempioni hamda uch karra Yevropa chempioni sanaladi.
Mavzuga oid
23:48 / 27.04.2026
London marafonidagi rekord Adidas aksiyalari narxini oshirdi
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
10:58 / 25.04.2026
Namangan bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchi
18:02 / 12.03.2026