Ko‘chmas mulk | 18:15 / 16.09.2025
4012
2 daqiqa o‘qiladi

2027 yildan uy-joy oldi-sotdisi onlayn tarzda tasdiqlanadi

2027 yil sentabridan ko‘chmas mulk almashinuvi, ijara shartnomalari va aliment to‘lovlari bo‘yicha kelishuvlar onlayn tasdiqlanadi. Shuningdek, mahalliy kommunal xizmatlar bazalari bilan ham integratsiya yo‘lga qo‘yilib, uy-joy oldi-sotdisi shartnomasi tasdiqlanishi bilan mulkdor haqidagi ma’lumotlar avtomatik yangilanadi.

Uy-joyni sotib olish yoki hadya qilish shartnomalari, shuningdek, ayrim boshqa huquqiy bitimlar videoaloqa orqali notarius tomonidan rasmiylashtiriladi. Bu haqda 9 sentabr kuni imzolangan prezident qarorida ko‘zda tutilgan. 

Qarorga asosan, 2026 yildan pasport yoki ID-karta o‘rniga shaxsni Face-ID yoki barmoq izi orqali tasdiqlash tizimi joriy etiladi. Dekabr oyidan esa ishonchnomalarni onlayn bekor qilish hamda ijro hujjatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.

2026 yil iyundan nikoh shartnomasi va transport arendasi shartnomasi onlayn tasdiqlansa, dekabrdan meros va ipoteka shartnomalarini rasmiylashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

2027 yil sentabridan esa ko‘chmas mulk almashinuvi, ijara shartnomalari va aliment to‘lovlari bo‘yicha kelishuvlar onlayn tasdiqlanadi.

Shuningdek, 2026 yil mart oyida «E-Notarius» mobil ilovasi ishga tushirilishi, notariuslar tomonidan tuzilgan ijro hujjatlari elektron hujjat aylanmasiga avtomatik integratsiya qilinishi ko‘zda tutilgan. 2026 yil oxirigacha barcha notarial idoralar optovolokon internet bilan ta’minlanadi.

Mahalliy kommunal xizmatlar bazalari bilan ham integratsiya yo‘lga qo‘yilib, uy-joy oldi-sotdisi shartnomasi tasdiqlanishi bilan mulkdor haqidagi ma’lumotlar avtomatik yangilanishi belgilangan.

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid