Sport | 12:00 / 16.09.2025
3606
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik sumochilar jahon va qit’a chempionatida sovrindor bo‘ldi

Tailandning Bangkok shahrida sumo bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan qit’a hamda jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Foto: O‘zA

30 dan ortiq davlatning 300 nafardan ziyod sumo sport turi ustalari ishtirok etgan nufuzli musobaqalarda mamlakat sharafini O‘zbekiston sumo federatsiyasi raisi Kamol Usmonov boshchiligidagi 15 nafar sportchi himoya qildi.

Osiyo chempionatida O‘ktam Rajabov kattalar o‘rtasidagi bahslarda qatnashib, bellashuvlar natijasiga ko‘ra, bronza medaliga ega chiqdi.

Kattalar o‘rtasida kechgan bahslarda mahoratli sumochi Durdona Abdujabborova jahon chempionatining bronza medaliga ega chiqdi.

Musobaqalar doirasida tashkil etilgan Butunjahon sumo federatsiyasining kongressida tashkilotning yangi rahbar organi saylandi. 

Yig‘ilish davomida xalqaro ekspertlar O‘zbekistonda sumo sport turi jadal rivoj topayotganini e’tirof etdi hamda joriy yilning oktyabr oyida sumo bo‘yicha xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini Toshkentda tashkil etilishi rejalashtirilayotganini bildirdi.

Mavzuga oid