Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uoll-stritdagi kompaniya Andijon viloyatiga 300 mln dollar sarmoya kiritadi
Andijon delegatsiyasi Nyu-Yorkda yirik investitsion shartnomani imzoladi.
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi xizmat safari doirasida dunyo moliya markazlaridan biri sanalgan Nyu-York shahrida Oppenheimer & Co. Inc. kompaniyasi boshqaruv direktori Jon Tonelli bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Oppenheimer & Co. Inc. AQShning moliyaviy xizmatlar sohasidagi yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lib, investitsiya, aktivlarni boshqarish, brokerlik xizmatlari hamda xalqaro moliya bozorlariga chiqish imkoniyatlarini taqdim etadi. Nyu-Yorkning Uoll-strit markazida joylashgan mazkur kompaniya dunyodagi yirik sarmoyadorlar bilan hamkorlik qilib keladi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda prezident tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, shuningdek, Andijon viloyatining sarmoyaviy salohiyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Muzokaralar yakunida Oppenheimer & Co. Inc. kompaniyasi va Andijon viloyati o‘rtasida 300 mln dollar miqdorida hududdagi yirik investitsion loyihalarga sarmoya kiritish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
Mavzuga oid
21:24 / 17.06.2026
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva
20:58 / 16.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
18:04 / 16.06.2026
Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ilk a’zolari e’lon qilindi
17:50 / 16.06.2026