Jahon | 15:03 / 18.09.2025
2980
2 daqiqa o‘qiladi

Litva Yevropada teraktlar bo‘yicha Rossiya bilan bog‘liq rejani fosh qildi

Litva Bosh prokuraturasi va jinoyat politsiyasi Yevropa Ittifoqining turli mamlakatlarida qator teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan guruhni fosh qildi. Operatsiyada xalqaro tergovchilar ishtirok etib, ularning Rossiya razvedka xizmatlari bilan aloqalarini fosh etdi.

Foto: Ales Petrowitsch

Litva Bosh prokuraturasi va kriminal politsiyasi Yevropaning bir qancha davlatlarida teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan uyushgan guruhni fosh qildi, deb xabar berdi Lrt.lt nashri chorshanba, 17 sentabr kuni. Tergov natijalariga ko‘ra, 2024 yil iyulida Litva fuqarosi Aleksandr Shuranov DHL va DPD xizmatlari orqali Vilnyusdan portlovchi moslamalar solingan bir nechta posilkalarni jo‘natgan.

Xalqaro jurnalistlar guruhi, jumladan, LRT surishtiruvlar bo‘limiga ko‘ra, Shuranov Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi (GRU) nomidan ishlagan. Jurnalistlar uning Rossiya razvedka xizmatlari bilan aloqalari o‘tgan yilgi hujumlardan ancha oldin mavjud bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aniqladi.

Ikkita posilka Buyuk Britaniyaga, yana ikkitasi Polshaga yuborildi. 20, 21 va 22 iyul kunlari jami uchta posilka yonib ketdi: Leypsig aeroportida, Germaniya; Polsha orqali harakatlanayotgan DPD yuk mashinasida; Buyuk Britaniyaning Birminhemidagi DHL omborida.

Qo‘lbola qurilmalar massaj yostiqchalari va kosmetika buyumlari sifatida niqoblangan elektron taymerli termit bombalardan iborat edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid