Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Xon Saroy”dan yangi loyiha – myuzikl film suratga olindi
15 sentabr kuni “Xon Saroy” kompaniyasi tomonidan suratga olingan myuzikl janridagi yangi film premerasi bo‘lib o‘tdi. Kompaniya buni o‘zbek tomoshabinlarini yana kinoteatrlarga qaytarish maqsadida amalga oshirmoqda.
Loyihadan maqsad – kino san’atida yangi bosqich yaratish, tomoshabinlarning kinoteatrga qaytishiga o‘z hissasini qo‘shish. Filmdagi asosiy g‘oya — ijodkorlik, birdamlik va inson qalbidagi san’atga bo‘lgan muhabbat. Myuzikl janrida suratga olingan film ssenariysi sevgi, orzu va ustuvor qadriyatlar atrofida qurilgan bo‘lib, sahnadagi har bir qo‘shiq hissiy mazmun bilan boyitilgan.
Film rejissyori Sunnat Namozov suratga olish ishlari ancha avval boshlaganini aytdi:
“2,5 yil oldin Shohruhxon bilan ishlaganimizda menga taklif bergan edi. G‘oyalarini olib ssenarist Shoira G‘iyosovaga berdim, ssenariy yozib berdilar va jarayon boshlandi. Tayyorgarlik bilan birga hammasi 2,5 yil davom etdi. Xon Saroy bilan ishlashga kelganda – o‘zim shunaqa ishlaymanki, ijodkorga zamin yaratib berish kerak”.

Yangi loyiha ustidagi ishlar professional aktyorlar, rejissyorlar hamda mashhur blogerlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Bu esa filmning texnik va mazmun jihatdan yuksak darajada yaratilganini ko‘rsatadi.
Premera tadbirida kompaniya hamkorlari, OAV vakillari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

“Xon Saroy” haqida
“Xon Saroy” — uy-joy va tijorat ko‘chmas mulki yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan kompaniya bo‘lib, qulay va funksional turar joylar yaratishga ixtisoslashgan. Kompaniya sifat, zamonaviy me’moriy yondashuv va innovatsion yechimlarga alohida e’tibor qaratadi.
Shuningdek, “Xon Saroy” madaniyat va ijod sohalarida ham faol ishtirok etib, jamiyatni rivojlantirish, ijodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga intiladi.
Bugungi kunga kelib, “Xon Saroy” umumiy 12 ta loyihani o‘z egalariga topshirgan Toshkent - 9 ta, Navoiy - 3 ta. Har bir loyiha “Xon Saroy” jamoasining puxta yondashuvi, detallarga bo‘lgan e’tibori va insonlar hayotini yanada farovon qilish istagini aks ettiradi. Shu bilan birga, bugungi kunda yana 10 ta yangi obektning qurilish ishlari faol ravishda olib borilmoqda. Bu loyihalar ham zamonaviy arxitektura, ishonchli infratuzilma va barcha xavfsizlik standartlariga to‘liq javob berishi bilan ajralib turadi.
Qo‘shimcha ma’lumot: +998712007400, xonsaroy.uz, @xonsaroyuz
Mavzuga oid
15:00 / 19.11.2025
Xon Saroy: 6 yillik yutuqlar
19:00 / 10.02.2025
Xon Saroy’ning “Orzular” loyihasida dastlabki xonadonlar o‘z egalariga topshirilmoqda
19:00 / 07.10.2024
Xon Saroy'dan navbatdagi loyiha – “Ocean” turar joy majmuasi taqdim etildi
19:29 / 04.07.2024