Yunusobod tumanida joylaşgan Zo‘rsan turar joy majmuasida xonadon egalariga kalitlar topşirilmoqda. 16 qavatli 14 ta blokdan iborat loyihada jami 1600 ta xonadon mavjud.

Kalit topşiriş marosimi bayramona muhitda taşkil etildi. Tadbir davomida mehmonlar uçun köngiloçar dasturlar namoyiş qilinib, bolalar uçun maxsus maydonçalar yölga qöyildi. Şuningdek, kompaniya vakillari yangi xonadon egalarining uyga köçib kiriş va foydalaniş jarayoniga oid savollariga javob berdi.

Tadbirning e’tiborga molik jihatlaridan biri obektning belgilangan muddatda topşirilgani böldi. Xonadon egalari quriliş işlari öz vaqtida yakunlangani va kalitlar va’da qilingan muddatda berilganini alohida ta’kidlaşdi.

Yangi xonadon egalaridan biri Buvalya Odilovaning aytişiça, majmuaning joylaşuvi va quriliş sifati unda ijobiy taassurot qoldirgan.

“Taassurotlar katta. Judayam xursand böldim. Balkonga çiqib qaradim, hamma narsa zör. Kompaniya nomiga mos ekan. Uylari ham, hammasi joyida. Şaharning örtasida, hamma yoq körinadi, yaxşi, körkam joy ekan”, - deydi u.

Uning ta’kidlaşiça, xonadonni xarid qilişda kompaniya tomonidan taklif etilgan tölov şartlari ham qulay bölgan.

Yana bir xonadon egasi Nargiza Xolmurodovaning aytişiça, Zo‘rsan loyihasini tanlaşiga majmuaning Yunusobod tumanida joylaşgani, infratuzilmaga yaqinligi hamda taşqi körinişi sabab bölgan.

“2024 yil sentabr oyida şartnoma olganmiz. Iyun oyida kalit olasizlar deyişgandi va va’da berişganidek amal qilişdi”, - deydi u.

Xon Saroy kompaniyasi 2019 yildan buyon Toşkent şahrida faoliyat yuritib keladi. Şu vaqt davomida kompaniya 609 ming kvadrat metrdan ortiq turar joy va tijorat obektlarini barpo etib, 5 mingdan ortiq xonadonni foydalanişga topşirgan. Bugungi kunga qadar esa 12 mingdan ziyod oila kompaniya loyihalarini tanlagan.