Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Labo'ning gazballoni portlab ketdi
Farg‘onada ehtiyotsizlik oqibatida avtomobilga o‘rnatilgan gazballoni portlab ketdi.
2025 yil 18 sentabr kuni soat 12:00 larda, 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi Q.X. Labo rusumli avtomashinasiga gaz to‘ldirish uchun, Farg‘ona shahar Qirguli mavzesida joylashgan AGTKShga kirgan.
U avtomashinasidagi “propan” gaz turi uchun mo‘ljallangan ballonga ehtiyotsizligi oqibatida “metan” gaz quyib yuborishi natijasida avtomashinaga o‘rnatilgan gazballoni portlab ketgan.
Natijada Labo avtomashinasi texnik shikastlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Hozirda ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
09:58 / 02.03.2026
Autsorsing va keytring: nega bog‘chalarda ommaviy zaharlanishlar ro‘y beryapti? – mutaxassislar bilan suhbat
19:14 / 26.02.2026
Farg‘onadagi bog‘chada bolani tok urgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
17:44 / 25.02.2026