Farğonada bolalar zaharlangan boğçalarga oziq-ovqat yetkazib bergan “Garden Catering Trade” MÇJ ta’sisçisi özgarib qoldi.
Korxona va taşkilotlar reyestriga köra, 25 fevral holatiga “Garden Catering Trade” MÇJ ta’sisçisi sifatida Ğofurov Möydinjon Abdumöminoviç körsatilgan.
23 fevralda esa uşbu MÇJ ta’sisçisi Bozorov Iqboljon Xabibulloyeviç edi.

Eslatib ötamiz, 21 fevral kuni Farğona şahridagi 2, 58 va 61-sonli davlat boğçalarining 62 nafar tarbiyalanuvçisi ötkir diareya taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgan. Bolalarda qorin sohasida oğriq, iç ketişi, haroratning kötarilişi, köngil aynişi kabi soğliğida salbiy holatlar kuzatilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257−1-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgandi.
Keyinçalik Farğona viloyati hokimligi “Garden Catering Trade” MÇJni davlat xaridlari talablariga zid ravişda tanlagani ma’lum böldi: Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga köra, hokimlik bu haqdagi ogohlantirişni e’tiborsiz qoldirgan va tanlov jarayonlarida uşbu taşkilotga imtiyoz berib kelgan.
Ma’lumot uçun, “Garden Catering Trade” MÇJ avvaliga qöşma korxona şaklida, Iqboljon Bozorov va Yildirim Ademning teng şerikligida ta’sis etilgan.
Keyinroq MÇJ qöşma korxona sifatidagi maqomidan voz keçgan va 25 fevralga qadar uning 100 foizlik uluşiga Iqboljon Bozorov egalik qilayotgandi.
Quvasoyda turk investori iştirokidagi loyiha töxtab qoldi. Bunga hokim sababçimi?








