Jahon | 13:05 / 19.09.2025
2773
1 daqiqa o‘qiladi

Kamchatka yaqinida yangi kuchli zilzila: sunami xavfi bekor qilindi

Kamchatka qirg‘og‘ida yangi kuchli zilzila sodir bo‘ldi, uning markazi taxminan 10 km chuqurlikda, Petropavlovsk-Kamchatskiydan taxminan 100 km uzoqlikda joylashgan. Turli manbalarga ko‘ra, uning magnitudasi 7,2 dan 7,8 gacha bo‘lgan.

18 sentabr, payshanba kuni kechqurun Kamchatka qirg‘oqlarida yana bir kuchli zilzila yuz berdi. Uning markazi Petropavlovsk-Kamchatskiydan taxminan 100 kilometr sharqda, taxminan 10 kilometr chuqurlikda joylashgan, deb xabar bermoqda Reuters. AQSh Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 7,8 ni tashkil qilgan. Dastlabki kuchli silkinishdan keyin 5,8 ballgacha bo‘lgan bir qator zilzilalar kuzatildi.

Rossiya Fanlar akademiyasi (RAN) Geofizika xizmati zilzila kuchini 7,4 ballga baholagan. Keyinchalik mintaqa gubernatori Vladimir Solodov, qayta ko‘rib chiqilgan ma’lumotlarga ko‘ra, u 7,2 ekanligini aytdi.

Yangi zilzila mintaqada sunami haqida bir qator ogohlantirishlarga sabab bo‘ldi, biroq to‘lqinlar qirg‘oqqa yetib kelganiga qaramay, hech qanday vayronagarchiliklar qayd etilmadi, deb xabar bermoqda Reuters. Keyinchalik sunami xavfi bekor qilindi. Rasmiylar xabar e’lon qilingan paytda qurbonlar va vayronalar haqida ma’lumot bermagan.

Mavzuga oid