Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi
Dushanbaga o‘tar kechasi Toshkentda va O‘zbekistonning boshqa hududlarida 2−4 balli davomli zilzila sezildi. Zilzila episentri Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatiga to‘g‘ri keldi. Episentrdagi kuch 7 ballni tashkil etdi.
6 oktyabrga o‘tar kechasi, soat 1:29 da qo‘shni Qirg‘iziston respublikasining Jalolobod viloyatida kuchli zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Seysmoprognostik monitoring markazi.
Zilzila o‘chog‘ida silkinish kuchi 7 ballni tashkil etgan.
O‘zbekistonda hududida sezilish kuchi:
- Namangan viloyatida 3−4 ball, 106 km.
- Andijon viloyatida 3 ball, 144 km.
- Farg‘ona viloyatida 2−3 ball, 176 km.
- Toshkent shahrida 2−3 ball, 199 km.
- Sirdaryo viloyatida 2 ball, 275 km.
Zilzila episentri Toshkentdan 199 km shimoli-sharqda, magnituda: 5,7. Chuqurlik: 10 km.
Mavzuga oid
08:51 / 22.09.2025
Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
13:14 / 20.09.2025
Rossiyadagi o‘zbekistonliklar Kamchatkadagi zilzila tufayli ogohlantirildi
13:05 / 19.09.2025
Kamchatka yaqinida yangi kuchli zilzila: sunami xavfi bekor qilindi
18:23 / 06.09.2025