Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT anjumanida 10 mamlakat Falastin davlatini tan oladi
Falastin BMTga a’zo 148 davlat tomonidan tan olingan.
22 sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan BMT anjumanida o‘n mamlakat vakillari Falastin davlatini tan oladi. Bu haqda Yelisey saroyida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.
"O‘nta mamlakat Falastin davlatini tan olish niyatida", - dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning maslahatchisi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya bilan birgalikda Andorra, Avstraliya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Lyuksemburg, Malta, Portugaliya va San-Marino Falastinni tan oladi.
Fransiya prezidentining maslahatchisi shuningdek, Isroilning Iordan daryosi g‘arbiy qirg‘og‘idagi Falastin yerlarini egallashga urinishini "qizil chiziq" deb atadi.
Falastin BMTga a’zo 148 davlat tomonidan tan olingan. Dunyoning 95 mamlakatida Falastin elchixonalari va doimiy vakolatxonalari faoliyat yuritadi.
Mavzuga oid
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026
Ukraina BMT Xavfsizlik kengashini favqulodda yig‘ilishga chaqirdi
12:20 / 04.06.2026