Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ferstappen F1 poygasida Ozarboyjon Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi
Bokuda bo‘lib o‘tgan «Formula-1» (F1) poygasida niderlandiyalik sportchi g‘alaba qozondi. Chempionat peshqadami Piastri avariya tufayli poygani yakunlay olmadi.
Foto: Red Bull Content Pool
«Formula-1» chempionatining amaldagi chempioni, Red Bull jamoasi a’zosi Maks Ferstappen Boku shahri trassasida o‘tkazilgan Ozarboyjon Gran-prisi poygasida g‘olib chiqdi.
Bir kun avval saralash bosqichida g‘olib chiqqan Ferstappen «qirollik poygalari»da ketma-ket ikkinchi marta zafar quchdi.
Kuchli uchlikdan, shuningdek, Jorj Rassell («Mersedes») va bu mavsumda birinchi marta shohsupaga ko‘tarilgan Karlos Sayns («Uilyams») joy oldi.
Chempionat yetakchisi Oskar Piastri («Maklaren») «avariya»dan so‘ng poygani erta tark etdi.
«Formula-1» chempionati umumiy jadvalida Oskar Piastri (324 ochko) yetakchilik qilmoqda. Lando Norris (299) ikkinchi, Ferstappen (255 ochko) uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Konstruktorlar kubogida Maklaren (623) yetakchilik qilmoqda, Mersedes (290) ikkinchi, Ferrari (286) uchinchi o‘rindi.
«Formula-1» chempionatida yana 7 ta poyga o‘tkaziladi, navbatdagisi 5 oktyabrda Singapurda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
09:29 / 23.01.2026
Poraxo‘rlik ishi: Bundestag sobiq deputati shartli jazoga hukm qilindi
19:52 / 19.01.2026
BAAda Shayx Zayd mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
16:04 / 17.01.2026
Ozarboyjon Germaniya va Avstriyaga gaz yetkazib berishni boshladi
09:01 / 30.12.2025