Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldovada «Ivan Vasilevich kasbini o‘zgartiradi» filmi namoyishi uzib qo‘yildi
Translatsiyaning to‘xtatilishiga filmning «militaristik mazmuni» sabab bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
Moldovada sovet rejissyori Leonid Gaydayning «Ivan Vasilevich kasbini o‘zgartiradi» filmi namoyishi uzib qo‘yildi. 22 sentabr kuni «Sputnik Moldova» nashrining yozishicha, translatsiyaning to‘xtatilishiga filmning «militaristik mazmuni» sabab bo‘lgan.
Manba moldovan va rus tillarida bildirishnoma paydo bo‘lgan teleekran suratini e’lon qildi: «Hurmatli abonentlar! Kanalning retranslatsiyasi «Audiovizual media xizmatlari to‘g‘risida»gi Kodeksning 17-moddasi 4-qismi «a» bandida taqiqlangan mazmundagi dasturni efirga uzatish vaqti davomida to‘xtatildi».
Ushbu modda normalariga ko‘ra, provayderlar transchegaraviy televideniye to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasini ratifikatsiya qilmagan, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlarda, shuningdek, AQSh va Kanadada yaratilgan yangiliklar, harbiy-siyosiy va tahliliy xarakterdagi dasturlarni efirga uzatish huquqiga ega emas. Bu qoidadan faqat «militaristik mazmunga ega bo‘lmagan» badiiy va ko‘ngilochar lentalar istisno qilingan.
Hujjatda bunday chora milliy media makonni himoya qilish va mamlakat axborot xavfsizligini ta’minlash vazifalari bilan oqlanadi.
Filmning aynan qaysi epizodlari «militaristik mazmunga» ega ekani ma’lum emas.
Moldovada mazkur konvensiyaga qo‘shilmagan davlatlarning «militaristik mazmundagi badiiy filmlari» namoyishini taqiqlovchi huquqiy norma 2022 yilda parlament tomonidan ma’qullangan edi.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026
Rossiya mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchi - Shavkat Mirziyoyev
20:34 / 05.06.2026