Sport | 14:18 / 23.09.2025
14241
1 daqiqa o‘qiladi

«Bunyodkor» klubi murabbiyi vafot etdi

Murabbiy uch hafta avval og‘ir xastalikka uchragani ma’lum bo‘lgan.

«Bunyodkor» futbol klubida yordamchi murabbiy lavozimida ishlab kelgan Sergey Arslonov 61 yoshda vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tojikistonlik murabbiy futbolchilik faoliyati davomida «Pomir» (Tojikiston), «Kuban» (Rossiya) va «Navbahor» sharafini himoya qilgan, murabbiy sifatida «Qizilqum», «Dinamo» va «Bunyodkor» klublarini boshqargan.

U 2008 yilda Ahmad Ubaydullayevning yordamchisi sifatida O‘zbekiston U19 jamoasi bilan Osiyo kubogi va yoshlar o‘rtasidagi 2009 yilgi jahon chempionatida ishtirok etgandi.

U so‘nggi vaqtlarda Ilyos Zeytullayevning yordamchisi sifatida ishlayotgandi.

Tribuna.uz manbasiga ko‘ra, murabbiy uch hafta avval og‘ir xastalikka uchragani ma’lum bo‘lgan va tibbiy muolajalarga qaramay, 22 sentabr kuni vafot etgan.

Mavzuga oid