Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev JST bosh direktori bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidenti JSTga a’zo bo‘lish jarayoni muvaffaqiyatli kechayotganini qayd etdi.
BMT Bosh assambleyasining 80-yubiley sessiyasi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mamlakatning JSTga a’zo bo‘lishi borasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi.
Ushbu xalqaro tashkilotga a’zo mamlakatlar bilan muzokaralar sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi.

JST me’yorlari va qoidalariga muvofiq milliy qonunchilikni, shu jumladan texnik jihatdan tartibga solish va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.
Joriy yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi natijadorligini ta’minlash, shuningdek, 2026 yilda muzokaralar yakunlanishi va mamlakat tashkilotga qo‘shilishi muhim ekani ta’kidlandi.
Mavzuga oid
21:05
“Investorlarni siz deyishga tayyormiz” – Toshkentda investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda
20:04
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
18:06
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
17:47