Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp "Antifa" a’zolarini terrorchilar deb belgilash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
AQSh prezidenti "Antifa" va uning homiylari tomonidan «barcha noqonuniy operatsiyalarni tekshirish, to‘xtatish va tugatishni» tavsiya qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp so‘l va radikal so‘l partiyalar va tashkilotlar koalitsiyasidan tashkil topgan "Antifa" (Antifa)harakatini mamlakat ichidagi «terrorchi tashkilot» deb belgilash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda 22 sentabr, dushanba kuni Oq uy ma’lum qildi.
Barcha tegishli vazirlik va idoralarga "Antifa" va uning homiylari tomonidan «barcha noqonuniy operatsiyalarni tekshirish, to‘xtatish va tugatish» topshirig‘i berildi, deb xabar qilmoqda Reuters.
«Antifa» — neonatsizm va irqchilikka qarshi kurashayotgan harakatlar, tashkilotlar va shaxslarning umumiy nomi.
Bu qaror AQShdagi siyosiy bo‘linishni yanada chuqurlashtirgan konservativ faol Charli Kirkning o‘ldirilishidan 12 kun o‘tib qabul qilindi. Biroq, dpa ma’lumotlariga ko‘ra, Trampning farmonida Kirkning o‘limi haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri eslatib o‘tilmagan.