Ta’lim | 09:35 / 24.09.2025
2584
1 daqiqa o‘qiladi

Bakalavrda vakant o‘rinlarga ro‘yxatdan o‘tish 25 sentabrdan boshlanadi

2025-2026 o‘quv yili uchun bakalavriatga kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar vakant o‘rinlar qolgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025 yil 25 sentabrdan 3 oktyabrgacha (shu kuni ham). 

Tanlovda ishtirok etish tartibi: abituriyentlar my.uzbmb.uz shaxsiy kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

Test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalishlardan 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini (ta’lim shakli bilan birga) tanlash imkoniyati mavjud.

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda vakant o‘rinlarga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

Tanlov natijalari 2025 yil 8 oktyabrgacha e’lon qilinadi.

Agar abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos vakant o‘rinlar mavjud bo‘lmasa, tanlovda qatnashish imkoniyati berilmaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid