Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida 8 ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgardi
21 sentabrdan boshlab Bektemir tumanidagi Bektemir yo‘li va Katta halqa yo‘li ko‘chalari chorrahasida yo‘l inshooti qurilish ishlari olib borilayotgani sababli mazkur chorraha vaqtincha yopildi.
Foto: Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi
Shu munosabat bilan 39-, 45-, 68-, 93-, 110-, 117-, 128-, 130-sonli yo‘nalish avtobuslari chorraha atrofida tashkil etilgan vaqtinchalik muqobil yo‘l orqali harakatlanadi.
Qurilish davrida tirbandlik kuchayishi mumkin. Avtobuslarning harakat vaqti hamda intervali odatiy jadvaldagidan biroz uzunroq bo‘lishi ehtimoli bor.
Ishlar davomida zarurat tug‘ilsa, yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Yo‘lovchilardan qatnovlarni oldindan rejalashtirish so‘raldi.
Mavzuga oid
18:59 / 09.05.2026
Toshkentda o‘yinchoq mashinada avtomobil yo‘lida harakatlangan bolaning otasi javobgarlikka tortildi
09:05 / 25.04.2026
Fransiya okean ustida eng qimmat yo‘lni qurmoqda
20:33 / 10.04.2026
So‘xni Farg‘ona bilan bog‘laydigan eng qisqa yo‘nalishda yangi yo‘l quriladi
09:50 / 23.03.2026