Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya odam savdosida ayblangan ayolni O‘zbekistonga deportatsiya qildi
Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan R.S. (1974 yilda tug‘ilgan, Sonya laqabi bilan tanilgan) O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Foto: O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi
U 2013–2015 yillarda Bangkok shahrida fohishaxona tashkil etib, vatandosh ayollarni yuqori daromadli ish va’dasi bilan aldab, Qozog‘iston orqali Tailandga olib borib fohishalik qilishga majburlagan jinoiy guruh tarkibida faol ishtirok etganlikda ayblangan.
Mazkur shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan jabrlangan fuqarolar O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoki uning quyi tizimlariga, shuningdek, Istanbuldagi Bosh konsulxonaga murojaat qilishga chaqirildi.
Shu bilan birga, so‘nggi vaqtlarda firibgarlik holatlari bo‘yicha murojaatlar ko‘paygani sababli, fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolmaslik va ogoh bo‘lish so‘raldi.
Mavzuga oid
17:07 / 06.02.2026
Nurlan Saburov Rossiyaga kiritilmadi. Unga 50 yillik taqiq qo‘yilgan
23:08 / 05.02.2026
Sankt-Peterburgda noqonuniy migrantlarni qidirish uchun itlar va dronlar ishga solindi
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026