Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alohida toifadagi obektlar bo‘yicha davlat xaridlari qanday o‘tkaziladi?
Vazirlar Mahkamasining "Ayrim toifadagi obektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlashda davlat xaridlarini tashkil etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Hujjat davlat tomonidan qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekistonda mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta’minlash va ichki tartibni saqlashda davlat sirlari bilan bog‘liq davlat xaridlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
Quyidagi tartiblar to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi:
- ayrim toifadagi obektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash loyihalari reyestrini yuritish;
- ayrim toifadagi obektlarda amalga oshiriladigan loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bilan bog‘liq davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish.
Obektlarni maxsus ajratilgan va toifalangan obektlar ro‘yxatiga kiritish uchun buyurtmachi tashkilotlar javobgar hisoblanadi.
Reyestrga faqat "Shaffof qurilish" milliy axborot tizimidagi tegishli elektron reytingda mavjud bo‘lgan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari ruxsat etiladi. Ular reyestrga 5 yil muddatga kiritiladi.
Ushbu obektlar bo‘yicha davlat xaridlarini tashkil etishda ommaviy axborot vositalari va ochiq elektron platformalarda ma’lumot joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Alohida ajratilgan va toifalangan obektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha xarid komissiyasining yig‘ilishlari xarid komissiyasi a’zolarining ishtirokida yuzma-yuz o‘tkaziladi.
Yig‘ilish jarayonida tenderda qatnashish uchun arizalar bilan konvertlar ochiladi, shartlar bajarilishi va xarid hujjatlarida ko‘rsatilgan hujjatlarning mavjudligi tekshiriladi. Xarid tashkilotchisi konvertlarni ochishni videoga oladi va videoyozuvni ikki yil davomida saqlashni ta’minlaydi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026