Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxta mavsumida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan uch mansabdor jazolandi
Paxta yig‘im-terimi mavsumida 14 ta holatda mehnat qonunchiligi buzilishi aniqlanib, mansabdor shaxslarga ma’muriy javobgarlik choralari belgilandi, deb xabar berdi Bandlik vazirligi.
Xususan, 11 ta holatda mehnat qonunchiligi buzilishi aniqlanib, mansabdor shaxslarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga (Mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) asosan javobgarlik choralari belgilangan.
Majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan 3 nafar mansabdor shaxsga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi (Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash) 1-qismiga ko‘ra chora ko‘rilgan.
Qayd qilinishicha, 10-20 sentabr kunlari o‘tkazilgan monitoring davomida 300 dan ortiq terimchilar bilan mavsumiy mehnat shartnomalari tuzilishida amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Avvalroq, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani hokimining xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Toshmatova paxta terimi mavsumida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygani uchun 20 mln 600 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan edi.
Mavzuga oid
09:35 / 08.07.2026
Qashqadaryoda davlat mehnat huquq inspektori firibgarlikda ushlandi
19:22 / 16.06.2026
O‘zbekistonda ish tashlash huquqi joriy etilmoqda. U qanday ishlaydi?
17:51 / 12.06.2026
Xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilgan Qarshi hokimi o‘rinbosari jazolandi
20:02 / 11.06.2026