Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Ukraina armiyasi o‘quv markaziga raketalar bilan zarba berdi
Rossiya qo‘shinlari Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlarining o‘quv bo‘linmasiga, jumladan ikkita «Iskandar» raketasi bilan zarba berdi. Ukraina harbiylari «shaxsiy tarkib orasida qurbonlar borligi» haqida xabar bermoqda.
Foto: Hanna Sokolova-Stekh/DW
24 sentabr, chorshanba kuni Rossiya qo‘shinlari Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlarining o‘quv bo‘linmasiga qo‘shma zarba berdi. Foydalanilgan qurollar orasida ikkita «Iskandar» ballistik raketasi ham bor, deb xabar berdi Ukraina harbiylari Facebookʼda.
Ukraina quruqlikdagi kuchlarining rasmiy sahifasidagi postda aytilishicha, «boshpanaga aniq zarba berish natijasida, ko‘rilgan xavfsizlik choralariga qaramay, shaxsiy tarkibdagi talafotlarning to‘liq oldini olishning imkoni bo‘lmagan». Qurbonlar soni va voqea joyi aniqlashtirilmagan. Ukraina Harbiy-havo kuchlari avvalroq Ukraina Qurolli kuchlarining o‘quv markazlari joylashgan Chernixiv viloyatida raketa va dron hujumlari haqida xabar bergan edi.
«Odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida o‘quv markazlari, poligonlar va boshqa harbiy obektlarni ishonchli boshpana bilan jihozlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Bundan tashqari, harbiy xizmatchilarni dushmanning raketa va havo hujumlari vaqtida himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda», — deya qo‘shimcha qildi ukrainalik harbiylar.
Mavzuga oid
22:54 / 24.12.2025
Rossiya Ukraina bo‘yicha 20 banddan iborat tinchlik rejasini rad etdi
22:34 / 24.12.2025
Moskva aeroportlarida biometriya topshirgan migrantlarning 10 foizi Rossiyaga kiritilmadi
22:07 / 24.12.2025
Mindichning daragi chiqdi. U Ukrainaga qaytmoqchi emas
19:43 / 24.12.2025