Jahon | 11:32 / 25.09.2025
2721
2 daqiqa o‘qiladi

Rubio Lavrovni Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi doirasida AQSh davlat kotibi Marko Rubio Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvda AQSh prezidenti Donald Trampning Kremlni Rossiyaning Ukrainadagi agressiyasini to‘xtatish uchun choralar ko‘rishga chaqirganini takrorladi.

Foto: Nathan Howard/AFP/Getty Images

AQSh davlat kotibi Marko Rubio BMT Bosh assambleyasi doirasida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvda AQSh prezidenti Donald Trampning agressiyaga chek qo‘yish va Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to‘xtatish uchun «jiddiy qadamlar» qo‘yishga chaqirganini yana bir bor ta’kidladi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot kotibi o‘rinbosari Tommi Pigottning 24 sentabr, chorshanba kuni departament saytida chop etilgan yozma bayonotida aytilgan.

Rossiya va AQSh delegatsiyalarining Nyu-Yorkdagi yopiq uchrashuvi 50 daqiqa davom etdi. Shundan so‘ng Sergey Lavrov jurnalistlarning uchrashuv qanday o‘tgani haqidagi savoliga javoban bosh barmog‘ini ko‘rsatdi.

Rossiya TIV Telegramʼda vazirlik rahbari «Rossiya va AQSh yetakchilari tomonidan Alyaskada ishlab chiqilgan yo‘nalishga amal qilishga, jumladan, Ukraina mojarosining asl sabablarini bartaraf etish bo‘yicha Amerika tomoni bilan sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga» tayyorligini, shuningdek, «Kiyev va ayrim Yevropa davlatlari tomonidan mojaroni cho‘zishga qaratilgan sxemalar qabul qilinmasligini ta’kidlagani» haqida xabar berdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid