Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RF dumasi «chet el agentlari»ni jinoiy ta’qib etishni osonlashtirdi
Rossiya parlamenti tomonidan qabul qilingan qonun «chet el agenti»ga nisbatan «tadbirkorlik qoidalariga rioya qilmaslik» uchun birgina jarimadan so‘ng jinoiy ish qo‘zg‘atishga imkon beradi.
25 sentabr, payshanba kuni Rossiya Davlat dumasi uchinchi va yakuniy o‘qishda Rossiyada «chet el agenti» sifatida ko‘rsatilgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish shartlarini kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi. Ilgari «chet el agenti»ga nisbatan jinoiy ish faqat «xo‘jalik yuritish tartib-qoidalariga rioya qilmaslik» uchun ikkita ma’muriy jarima solinganidan keyin qo‘zg‘atilishi mumkin edi, endilikda esa bitta jarima yetarli bo‘ladi.
Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin Rossiya Jinoyat kodeksiga kiritilgan ushbu tuzatishlarni «Rossiyani do‘st bo‘lmagan davlatlar aralashuvidan himoya qilish», shuningdek, Rossiya fuqarolarining «manfaatlarini himoya qilish» va «davlat xavfsizligini ta’minlash» zarurligi bilan asosladi. Chet elda bo‘lganlar ham o‘z qilmishi uchun qonun doirasida to‘liq javobgarlikka tortilishi kerak, dedi Volodin.
Duma xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Vasiliy Piskaryov tashabbusni taqdim qilar ekan, bu Rossiya parlamenti tomonidan qabul qilingan «chet el agentlari» to‘g‘risidagi 45-qonun ekanligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, 2023-2025 yillar davomida «chet el agentlari»ga nisbatan 1620 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026
Rossiya mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchi - Shavkat Mirziyoyev
20:34 / 05.06.2026
Bu xat qo‘pollik unsurlariga ega - Putin Zelenskiyning xati haqida
08:44 / 05.06.2026