25 sentabr, payşanba kuni Rossiya Davlat dumasi uçinçi va yakuniy öqişda Rossiyada «çet el agenti» sifatida körsatilgan şaxslarni jinoiy javobgarlikka tortiş şartlarini kuçaytiruvçi qonunni ma’qulladi. Ilgari «çet el agenti»ga nisbatan jinoiy iş faqat «xöjalik yuritiş tartib-qoidalariga rioya qilmaslik» uçun ikkita ma’muriy jarima solinganidan keyin qözğatilişi mumkin edi, endilikda esa bitta jarima yetarli böladi.
Davlat dumasi raisi Vyaçeslav Volodin Rossiya Jinoyat kodeksiga kiritilgan uşbu tuzatişlarni «Rossiyani döst bölmagan davlatlar aralaşuvidan himoya qiliş», şuningdek, Rossiya fuqarolarining «manfaatlarini himoya qiliş» va «davlat xavfsizligini ta’minlaş» zarurligi bilan asosladi. Çet elda bölganlar ham öz qilmişi uçun qonun doirasida töliq javobgarlikka tortilişi kerak, dedi Volodin.
Duma xavfsizlik qömitasi rahbari Vasiliy Piskaryov taşabbusni taqdim qilar ekan, bu Rossiya parlamenti tomonidan qabul qilingan «çet el agentlari» töğrisidagi 45-qonun ekanligini ta’kidladi. Unga köra, 2023-2025 yillar davomida «çet el agentlari»ga nisbatan 1620 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylaştirilgan.












