Jahon | 12:02 / 26.09.2025
6144
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy: Ukraina Kremlga raketa zarbalari berishga tayyor

Agar Rossiya urushni to‘xtatmasa, Kreml rasmiylari eng yaqin bomba boshpanasi qayerda ekanligini bilishi kerak, dedi Ukraina prezidenti. Uning qo‘shimcha qilishicha, u Trampdan maxsus raketalarni so‘ragan.

Foto: Ukrainian Presidential Press Office/UPI Photo/IMAGO

Agar Rossiya urushni to‘xtatmasa, Kreml rasmiylari eng yaqin bomba boshpanasi qayerda ekanligini bilishiga ishonch hosil qilishi kerak, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 25 sentabr, payshanba kuni Axios nashriga bergan intervyusida. U AQSh prezidenti Donald Trampdan yo‘q qilinishi Vladimir Putinni muzokaraga undashi mumkin bo‘lgan nishonlarga zarba bera oladigan maxsus raketalarni so‘raganini aytdi. «Agar ular urushni to‘xtatmasa, baribir ularga bomba boshpanasi kerak bo‘ladi», dedi Zelenskiy Kreml va Rossiyaning boshqa kuch markazlariga zarba berilishi ehtimolini izohlar ekan. Biroq Ukraina rossiyalik tinch aholiga hujum qilmaydi, chunki «biz terrorchi emasmiz», deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.

U, shuningdek, Tramp Ukrainaning Rossiya energetika infratuzilmasi va qurol zavodlariga zarba berish ehtimolini qo‘llab-quvvatlaganini aytdi: «Agar ular bizning energetika inshootlarimizga hujum qilsa, biz ularning energetika obektlariga (zarbalar bilan) javob berishimiz uchun prezident Tramp buni qo‘llab-quvvatlaydi». Agar Ukrainaga hujum qilinsa, u «har kuni javob beradi», deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina allaqachon Rossiya hududidagi nishonlarga zarba bera oladigan dronlarga ega. Biroq Ukraina prezidenti nomini aytishdan bosh tortgan yangi Amerika majmuasi Putinga «qo‘shimcha bosim» o‘tkazadi. «Biz buning ustida ishlaymiz», — deya Trampning so‘zlarini keltirgan Zelenskiy.

Mavzuga oid