Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bog‘cha bolalarining zaharlangani yuzasidan 7 kishi qamoqqa olindi
Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda mingga yaqin bolalar zaharlangani ortidan ishlab chiqaruvchi firmaning 3 nafar, autsorser korxonalarning 4 nafar mansabdori gumonlanuvchi sifatida qamoqqa olindi, deya xabar berdi Kun.uz manbasi. Tergov viloyat IIBBdan Ichki ishlar vazirligiga o‘tkazilgan.
Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda kuzatilgan ommaviy zaharlanishga oid jinoyat ishi tergovi doirasida 7 kishiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Qo‘lga olinganlarning 3 nafari – zaharlanishga sabab bo‘lgani aytilayotgan oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxona mansabdorlari. Yana 4 kishi bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazib beruvchi autsorser firmalar mansabdorlari hisoblanadi.
Jinoyat ishi tergovi viloyat IIBBdan Ichki ishlar vazirligiga o‘tkazilgan.
Avvalroq Sanepid bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘tkir gastroenterit tashxisi qo‘yilgan bog‘cha tarbiyalanuvchilari soni 963 nafar bo‘lib, hozirgacha ulardan 269 nafari sog‘aygan, yana 421 nafariga tuzalgani uchun bugun, 27 sentabrda shifoxonadan uyiga javob berilishi kutilyapti. 13 bola o‘rtacha og‘ir ahvolda qolmoqda.
Mavzuga oid
14:44 / 14.07.2026
Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanishda 11 kishi aybdor deb topildi
09:25 / 14.07.2026
Zangiotada soliqchi, Buvaydada muhandis pora bilan ushlandi
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026