Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Bangladesh o‘rtasida yangi hukumatlararo bitim imzolandi
O‘zbekiston va Bangladesh o‘rtasida diplomatik pasport egalariga viza talablarini bekor qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim imzolandi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-Yorkda Bangladesh muvaqqat hukumatining tashqi ishlar bo‘yicha maslahatchisi Touhid Hussayn bilan uchrashdi.
"Bangladesh muvaqqat hukumatining tashqi ishlar bo‘yicha maslahatchisi Touhid Husayn janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik", - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari.
Diplomatik pasport egalariga viza talablarini bekor qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim imzolandi.
Muzokaralar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama masalalarning keng qamrovini o‘z ichiga oldi, o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha umumiy intilishni ifoda etdi.
Mavzuga oid
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
20:27 / 14.01.2026
AQSh 75 mamlakat fuqarolari uchun viza berishni to‘xtatadi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
12:44 / 07.01.2026