Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mashinasozlar» bekatidan Chorvoqqa qatnovchi avtobuslar qatnovi to‘xtatildi
«Mashinasozlar» metro bekatini Chorvoq shahri bilan bog‘lagan shaharlararo 1226-sonli avtobus qatnovi to‘xtatildi va dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi yilga qadar yopildi.
Tashtrans.uz loyihasi mualliflari ta’kidlaganidek, harakat to‘xtatilganiga qaramay, tashuvchi yo‘nalishning yopilish sanasini oldindan e’lon qilmagan.
1226-sonli avtobus 1 iyuldan ish boshlagan hamda aholi va sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan. Avtobuslar har kuni «Mashinasozlar» metro bekatidan Chorvoqqa (Xumson orqali) har 90 daqiqada qatnaydi. Birinchi avtobus ertalab soat 6:00 da, oxirgisi 20:30 da jo‘nab ketadi. O‘rtacha yo‘l vaqti taxminan 1 soat 30 daqiqani tashkil etdi.
Yo‘nalishda har biri 47 yo‘lovchiga mo‘ljallangan zamonaviy MAN RR3 turistik avtobuslaridan foydalanilgan. Ular konditsioner va qulay o‘rindiqlar bilan jihozlangan. Yo‘l haqi 25 000 so‘m bo‘lib, to‘lovni naqd yoki karta orqali amalga oshirish mumkin edi.
Avtobuslar Maxtumquli ko‘chasi bo‘ylab, Yangi O‘zbekiston bog‘i, Xo‘jakent turar joy massivi va Chinorkent dam olish maskani orqali Xumson qishlog‘iga borgan va u yerdan Chorvoq tomon yo‘nalish davom etgan.
Mavzuga oid
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22:38 / 23.05.2026