Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldova parlamentiga saylovlarda hukmron partiya yetakchilik qilmoqda
Moldova Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, hukmron "Harakat va birdamlik" partiyasi 49,5 foiz ovoz to‘plagan. Vatanparvarlar bloki 25 foizdan kam ovoz oldi. Saylovchilarning deyarli 52 foizi qatnashdi.
Foto: AP / Vadim Ghirda
Moldovaning hukmron "Harakat va birdamlik" partiyasi (PAS) saylov byulletenlarining qariyb 98 foizi qayta ishlangach, 49,56 foiz ovoz olib parlament saylovlarida yetakchilik qilmoqda. Moldova Markaziy saylov komissiyasi bu raqamlarni 28 sentabr, yakshanba kuni kechqurun e’lon qildi.
Eng yaqin raqib – Vatanparvarlar bloki bo‘lib, u 24,56 foiz ovoz olgan. "Muqobil" bloki 8,07 foiz ovoz oldi. Belsi shahrining sobiq meri Renato Usatiy boshchiligidagi "Bizning partiya" 6,25 foiz ovoz olgan bo‘lsa, yevropaparast «Demokratiya uyda» siyosiy kuchi 5,66 foiz ovoz yig‘di.
Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, saylovchilarning 52,1 foizi ishtirok etgan. Saylovda 1,6 milliondan ortiq kishi qatnashdi, jumladan, 264 ming nafari xorijdagi saylov uchastkalarida.
Mavzuga oid
11:44 / 30.01.2026
YeI Ukraina va Moldovaga 153 mln yevro shoshilinch yordam ajratdi
08:30 / 20.01.2026
Moldova MDHdan chiqish jarayonini boshladi
09:30 / 13.01.2026
Mayya Sandu Moldovaning Ruminiyaga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashga tayyor
11:20 / 17.12.2025