Sport | 21:10 / 29.09.2025
4855
3 daqiqa o‘qiladi

OChL. «Nasaf» «Al Hilol»ga ham yutqazdi

Qarshi klubi turnirning dastlabki ikki turini Saudiya klublariga qarshi o‘tkazib, har ikki o‘yinda ham kerakli natijani saqlab qola olmadi.

Elit OChL. G‘arb mintaqasi. 2-tur
Nasaf — Al Hilol 2:3
Gollar: Sardor Bahromov (27), Javohir Siddiqov (60) — Sergey Milinkovich-Savich (21), Teo Ernandes (45+2), Markos Leonardo (79).
Nasaf — Abduvohid Ne’matov, G‘olib G‘aybullayev, Zafarmurod Abdurahmatov (Suhrob Nurulloyev, 67), Sharof Muhiddinov (Dragan Cheran, 46), Husayn Norchayev, Igor Golban (Javohir Siddiqov 46, Javohir Ubaydullayev, 73), Sardorbek Bahromov, Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod Nasrullayev, Oybek Bozorov (Stefan Cholovich, 78), Umar Eshmurodov
Al Hilol — Yosin Bunu, Kalidu Kulibali, Ali Al Bulayhi (Kayo Sezar, 72), Ruben Nevesh, Markos Leonardo (Abdulla Radif, 90+1), Teo Ernandes, Sergey Milinkovich-Savich, Muhammad Kanno (Nosir Ad Dosari, 84), Hasan At Tambakti, Hamad Al Yami (Motab Al Harbi, 90+1) Abdulloh Al Hamdan (Ali Al Lajami, 84).

OFK Elit Osiyo Chempionlar Ligasida 2-tur bahslari boshlandi.

O‘zbekiston chempioni «Nasaf» qit’a grandlaridan biri «Al Hilol»ni qabul qilib, ikki bor hisobni tenglashtirishni uddaladi. Ammo riyozliklar uchinchi golni ham urib g‘alabani ilib ketdi.

Mezbonlardan Sardor Bahromov va Javohir Siddiqov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi, ikki golga ham Umar Eshmurodov assistentlik qildi. Mehmonlardan esa Sergey Milinkovich-Savich, Teo Ernandes va Markos Leonardo to‘p kiritishdi.

Eslatib o‘tamiz, Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi 1-turda Saudiyaning boshqa bir klubi «Al Ahli» bilan o‘yinning birinchi bo‘limida 2 ta gol farqi bilan oldinga chiqib olgan, ammo yakunda mag‘lubiyatga uchragandi, o‘shanda arablar g‘alaba gollarini o‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda urgandi.

Ayni paytda Ar-Riyoz klubi 6 ochko bilan guruhda yetakchilik qilmoqda, «Nasaf» esa guruhning so‘nggi pog‘onasida joylashgan.

Mavzuga oid