Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston» mehmonxonasi qarshisida Zeekr temir panjaraga borib urildi
Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida ma’lumot taqdim etildi.
Joriy yilning 28 sentabr kuni soat 20:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Amir Temur ko‘chasi «O‘zbekiston» mehmonxonasi qarshisida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan O.A. Zeekr rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni chetidagi temir panjaraga urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida piyodaga va haydovchiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:31 / 02.02.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida mashina yonishi holati qayd etildi
10:04 / 23.01.2026
Toshkentda Lacetti haydovchisi YPX inspektorini urib yubordi
15:15 / 22.01.2026
Toshkentda «Navro‘z» dehqon bozori to‘liq rekonstruksiya qilinadi
08:50 / 14.01.2026