Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi quyi bo‘g‘inida boshqaruv tizimi takomillashtiriladi
“Iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik ma’lumotlardan foydalanishni kengaytirish va qishloq xo‘jaligi quyi bo‘g‘inida boshqaruv tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda O‘rmon agentligi kosmik monitoring ma’lumotlari orqali aniqlangan daraxtzorlar noqonuniy kesilishi holati bo‘yicha:
🔹 ma’lumot taqdim etilgan kundan boshlab 5 kun ichida joyiga chiqib o‘rganish ishlarini tashkil etadi va tasdiqlovchi hujjatlarni integratsiya orqali SGM platformasiga kiritadi;
🔹 belgilangan tartibda qonuniy choralar ko‘rilgan kundan so‘ng 1 kun ichida bu haqdagi ma’lumotlarni agentlikka taqdim etadi. Bunda 2026 yil 1 martdan ushbu ma’lumotlar integratsiya orqali raqamli ko‘rinishda SGM platformasiga kiritib boriladi.
2026 yil 1 martdan boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yer maydonlarida somonpoyalar va ularning qoldiqlarini yoqish kabi salbiy holatlarga chek qo‘yish va nazorat tizimlarini rivojlantirish maqsadida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi har yili somonpoyalarni yoqish holatlari bo‘yicha ma’lumot taqdim etilgan kundan boshlab 1 kun ichida joyiga chiqib o‘rganish ishlarini tashkil etadi.
2026 yil 1 iyuldan hududlarda agentlikning aerokosmik ma’lumotlaridan samarali foydalanish holati bo‘yicha mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralar reytingini yuritish yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
20:28 / 14.05.2026
Intensiv bog‘dorchilikka o‘tish: prezident eski bog‘larni yangilashni buyurdi
20:32 / 12.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida yagona markazlashgan tizim yaratiladi
19:05 / 12.05.2026