Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda sobiq vazir o‘limga hukm qilindi
Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri 38 million dollar miqdorida pora olishda aybdor deb topildi. Hukm ijrosi 2 yilga kechiktirildi.
Foto: Xinhua
Xitoyning sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Tang Jyenjian 268 million yuan (taxminan 38 million dollar) miqdorida ortiq pora olishda aybdor deb topilib, o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Xitoyning Sinxua agentligi xabar berdi.
Sud uni siyosiy huquqlardan umrbod mahrum qildi, mol-mulki va noqonuniy daromadlarini musodara qildi, shu bilan birga, aybni tan olgani, mablag‘larni qaytargani va pushaymon bo‘lgani uchun jazo yengillashtirilganini ta’kidladi. Qayd qilinishicha, hukm ijrosi 2 yilga kechiktirildi.
Xitoyda juda katta miqdordagi korrupsiya o‘lim jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar qatoriga kiradi. Amaliyotda ko‘pincha 2 yil kechiktirish muhlati bilan hukm chiqariladi: agar mahkum shu muddat ichida «axloqiy tuzalish yo‘liga o‘tsa», jazo umrbod qamoq bilan almashtiriladi.
Shunday bo‘lsa-da, korrupsionerlarni qatl qilish holatlari uchraydi. Eng mashhur holatlar orasida Oziq-ovqat va dori-darmonlar bo‘yicha davlat idorasi rahbari Chjyen Syaoyuy (2007), parlament vitse-spikeri Chen Kejye (2000), amaldor Ven Syan (2010) bor. 2024 yil dekabr oyida taxminan 3 milliard yuan miqdorida o‘g‘irlik qilganlikda ayblanib, sudlangan sobiq amaldor Li Szyanpinga nisbatan o‘lim jazosi ijro etildi.
Xitoy o‘lim jazosi keng qo‘llaniladigan kam sonli davlatlardan biri bo‘lib qolmoqda. Korrupsiyadan tashqari, oliy jazo qotillik, giyohvand moddalar savdosi va boshqa bir qator og‘ir jinoyatlar uchun qo‘llaniladi. Shu bilan birga, qatllar statistikasi davlat siri hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:54 / 04.12.2025
Sirdaryo viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqariladi
17:37 / 04.12.2025
Sirdaryodagi 9 ta tuman-shahar hokimlari Xitoyga yo‘l oladi
11:22 / 04.12.2025
Makron Pekinga keldi: Ukraina urushi va savdo mojarolari muhokama qilinadi
19:03 / 02.12.2025