Jamiyat | 09:01 / 30.09.2025
3995
1 daqiqa o‘qiladi

Yashnobod tumanida yuk avtomashinasi va avtobus o‘zaro to‘qnashdi

Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida ma’lumot berildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 29 sentabr kuni soat 21:20 larda Yashnobod tumani Jarqo‘rg‘on ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

«Zil» rusumli yuk avtomashinasi va Yutong rusumli avtobus o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid