Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda bo‘sh turgan 3 qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi
Jondor tumanida ro‘y bergan yong‘in to‘g‘risida dastlabki ma’lumot taqdim etildi.
Foto: FVB
Kecha, 30 sentabr soat 19:17 da Buxoro viloyati, Jondor tumani, “Sho‘robod” MFY, Yangihayot qishlog‘ida joylashgan hozirda ish faoliyatida bo‘lmagan 3 qavatli binoda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:20 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 19:30 da o‘rab olingan va soat 20:55 da o‘chirilgan.
Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Mavzuga oid
23:25 / 22.03.2026
Bo‘stonliq tumanida “Nexia-2”da yong‘in sodir bo‘ldi
11:05 / 17.03.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
08:51 / 16.03.2026
Yunusobodda shaxsiy xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
08:34 / 16.03.2026