Jahon | 21:40 / 01.10.2025
6277
2 daqiqa o‘qiladi

Mask Vikipediyaga «urush» e’lon qildi

U o‘zining sun’iy intellekti asosida «Grokipediya» yaratmoqchi.

Foto: Getty images

Ilon Mask o‘zining xAI sun’iy intellekt kompaniyasi Grokipediya loyihasi ustida ishlayotganini ma’lum qildi - bu yangi bilim platformasi bo‘lib, buni Vikipediyaga nisbatan «sezilarli yaxshilanish» deb atadi.

Mask so‘zlariga ko‘ra, Grokipediya xAI kompaniyasining yanada ulkan vazifasi - «koinotni idrok qilish»ning bir qismiga aylanishi kerak. Uning fikricha, yangi platforma manbalarga kengroq kirish va erkin axborot almashinuvini ta’minlaydi.

Maskning fikricha, maqolalarni jamoaviy tahrirlash va foydalanuvchilar tomonidan tekshirish tamoyili asosida ishlaydigan Vikipediya «siyosiy tarafkash». Uning ta’kidlashicha, ensiklopediya obektiv emas va «so‘l siyosiy yo‘nalishga ega».

Avvalroq Grok chatboti antisemit bayonotlari tufayli janjal markazida bo‘lgan edi, bo‘lg‘usi ensiklopediya aynan uning nomidan ilhomlangan. Maskning kompaniyasi bunga dasturlashdagi xato sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Shuningdek, foydalanuvchilar bot Maskning qarashlarini aks ettirishini va bahsli masalalar bo‘yicha ko‘pincha avval u nima deganini «aniqlashtirishini» bir necha bor ta’kidlagan. Maskning o‘zi vaqti-vaqti bilan Grok javoblaridan norozi bo‘ladi va uni to‘g‘ri xulosa chiqarishi uchun «sozlab qo‘yishga» va’da beradi.

Mavzuga oid