Jahon | 13:23 / 01.10.2025
3789
2 daqiqa o‘qiladi

Polsha «Shimoliy oqim» portlatilishi ishiga aloqador shaxsni qo‘lga oldi

Italiyada «Shimoliy oqim»dagi portlashlarda birinchi gumonlanuvchi qo‘lga olinganidan so‘ng, Polsha uning sherigi deb taxmin qilingan shaxsni qo‘lga oldi. Uning ismi rasman oshkor etilmagan.

Foto: Ritzau Scanpix/REUTERS

«Shimoliy oqim» va «Shimoliy oqim 2» suvosti gaz quvurlaridagi portlashlardan uch yil o‘tib, Polsha politsiyasi ish bo‘yicha ikkinchi gumonlanuvchini qo‘lga oldi. Advokat Timoteush Paprotskiyning 30 sentabr, seshanba kuni TVN24 telekanaliga aytishicha, uning mijozi erta tongda Varshava chekkasida Germaniya tomonidan berilgan Yevropa orderi asosida hibsga olingan.

Varshava prokuraturasi vakilining dpa'ga aytishicha, hibsga olish Yevropa hibsga olish orderi asosida Prushkuvda amalga oshirilgan. U gumonlanuvchining ismini aytishdan bosh tortdi. RMF24 ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin orada ekstraditsiya jarayoni boshlanishi kutilmoqda.

Polsha ommaviy axborot vositalari qo‘lga olingan shaxsning ism-sharifi Wołodymyr Z. bo‘lib, u dayving bo‘yicha instruktor ekanligini aniqladi. Gap Vladimir Juravlyov haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin, Berlin 2024 yil iyun oyida Varshavaga uni hibsga olish haqida order yuborgan. Polsha prokuraturasi ichki xavfsizlik agentligining ishni ko‘rib chiqishi zarurligini bahona qilib, Berlin va Varshava o‘rtasidagi mojaroga olib kelgan holda gumondorni hibsga olishdan bosh tortgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid